Uzbek Commodity Exchange
Commodity exchange in Uzbekistan.
Birjada brokerlik faoliyatini boshlash va ro‘yxatdan o‘tish tartibi qanday?
“Birjada brokerlik faoliyati bilan yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin. Birja a’zoligiga qabul qilish tartibi birja savdolarini o‘tkazish qoidalarining 27-34 bandlarida ko‘rsatilgan (manba: http://uzex.uz/uz/pages/about-documents). Accred.uzex.uz saytiga ERI yordamida kirib ro‘yxatdan o‘tiladi. Shundan so‘ng, birja savdolarini o‘tkazish qoidalarining 27-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar accred.uzex.uz saytida biriktiriladi. Hujjat namunalari mazkur sayt orqali yuklab olinadi.”
View in the company profileBirja a’zolari va treyderlar imtihonining tartibi, jadvali va savollarini qayerdan olish mumkin?
“Treyderlarning test savollari birjaning rasmiy veb-saytida, Bosh sahifa/Birja haqida/ hujjatlar sahifasida joylashtirilgan (manba: https://uzex.uz/uz/pages/about-documents). Birja a’zolari va treyderlarini testdan o‘tkazish jadvali rasmiy saytning hujjatlar bo‘limiga joylashtirilgan (manba: https://uzex.uz/uz/pages/about-documents). Treyderlarni testdan o‘tkazish birja a’zolarini testdan o‘tkazish tartibiga asosan amalga oshiriladi (manba: https://uzex.uz/uz/pages/about-documents)”
View in the company profileBirja savdolarida kimlar ishtirok eta oladi va qaysi birja tovarini kimlar sotib olish huquqiga ega?
“Birja savdolarida barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin. Quyidagi tovarlar bundan mustasno: 1.”
View in the company profileBirja savdolari qaysi normativ hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi?
“Amaldagi normativ hujjatlar bilan birjaning rasmiy veb-saytidagi Bosh sahifa/Birja haqida/ me’yoriy-huquqiy hujjatlar sahifasi orqali tanishish mumkin (manba: https://uzex.uz/uz/pages/regulatory-framework)”
View in the company profileBirja savdolarida qatnashish uchun ishtirokchilar qay tartibda pul o‘tkazmalarini amalga oshiradilar?
“Birja savdolarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar pul mablag‘larini birjaning ikkilamchi 20208000300600257009 sonli hisob raqamiga o‘tkazadilar. 24/7 to‘lov tizimi orqali o‘tkazilgan pul mablag‘lari ish kunining ertasiga tushadi. Kliring ishtirokchilarining shaxsiy kabinetiga ushbu to‘g‘risida e’lon berilgan. Yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari kliring tizimiga ularning foydalanuvchining shaxsiy raqami (FSHR) ga avtomatik ravishda o‘tiradi.”
View in the company profileBitimni ro‘yxatga olinmaslik holatlarini qaysi komissiya ko‘rib chiqadi?
“Intizom komissiyasi.”
View in the company profileBrokerlik idorasiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash qaysi komissiya vakolatida?
“Intizom komissiyasi.”
View in the company profile